O‘zA O`zbek

04.08.2020 Chop etish versiyasi

Oston Oʻrunov Bundesligaga ketishi mumkin

Oston Oʻrunov Bundesligaga ketishi mumkin

Xabaringiz bor ayni kunlarda hamyurtimiz Oston Oʻrunov Moskvada “Spartak” jamoasida tibbiy koʻrikdan oʻtmoqda. Tibbiy koʻrik tugashi bilan hamyurtimiz va “Spartak” oʻrtasida shartnoma imzolanadi.

Rossiyaning sportsdaily.ru, soccer.ru kabi qator nufuzli saytlari tarqatayotgan maʼlumotlarga koʻra, Oston Oʻrunov “Spartak” bilan shartnoma imzolashi bilan Bundesliganing nomi sir tutilayotgan klubiga transfer qilinadi. Bu kelishuvning summasi 5 million yevro boʻladi.

Bu transferlarning boshida Oʻrunovni Toshkentning “Lokomotiv”idan 200 ming yevro evaziga “Ufa”ga olib ketgan Shamil Gazizov turibdi. Futbolchimiz talash boʻlayotgan ayni vaqtda bu mutaxassis unga Yevropadan 5-6 millionlik aniq taklif borligini aytgan edi.

Shamil Gazizov Oʻrunovni oʻzining sobiq klubidan yangi jamoasiga transfer qilib, darrov uchinchi klubga oʻtkazib yuboradi. Bundan har ikki klub foyda koʻradi. Odatda bunday transfer usuli FIFA tomonidan taqiqlangan. Lekin koronavirus pandemiyasi tufayli Xalqaro futbol federatsiyasi vaqtinchalik qoida kiritib, unga binoan futbolchi bir vaqtda uchta klubni almashtirishiga ruxsat beriladi.

“Spartak” Oston Oʻrunov uchun 2 million yevro toʻlashi aytilmoqda. Hamyurtimizning maoshi yiliga 600 ming yevro qilib belgilangan. Nemis klubi beradigan besh million yevrodan 20 foizi kelishuv boʻyicha “Ufa”ga tegadi. Demak, boshqirdistonliklar Oʻrunov transferidan jami 3 million yevro ishlab oladi. Bir million yevro soliq, agentlar komissiyasi va boshqa xarajatlarga ketadi. “Spartak” esa 2 million sarflagan futbolchisini bir kunda 3 million yevroga sotadi.

8 925
OʻzA