Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.08.2017 17:46 Chop etish versiyasi

Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasining kongressi bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizda Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasining birinchi kongressi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi (IKA) asoschi raisi Komil Yusupov, Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi prezidenti Komil Ro‘ziyev, qator davlatlarning kurash federatsiyalari vakillari, sport jamoatchiligi ishtirok etdi.

Bugun 120 dan ziyod mamlakatda Kurash federatsiyalari faoliyat yuritmoqda. Kurash xalqaro assotsiatsiyasi hamda unga a’zo Osiyo, Yevropa, Panamerika, Afrika va Okeaniya kurash konfederatsiyalari tomonidan mazkur sport turi bo‘yicha xalqaro turnirlar, qit’a va jahon chempionatlari yuqori saviyada tashkil etilayotir.

Kongressda joriy yilning 15-24-sentabr kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan yopiq inshootlarda va jangovar yakkakurashlar bo‘yicha Osiyo o‘yinlari hamda 2018-yili Indoneziya mezbonlik qiladigan yozgi Osiyo o‘yinlari, BAAning Dubay shahrida o‘tkaziladigan navbatdan tashqari Kongress hujjatlarini tasdiqlash va qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Kongress yig‘ilishida Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Turkmaniston va Indoneziya kurash federatsiyalari raislarining axboroti tinglandi. Mazkur sport turini jahon miqyosida yanada ommalashtirish, musobaqalar o‘tkazish masalasi muhokama etildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
1 413






Все о погоде - Pogoda.uz