O‘zA O`zbek

01.09.2018 09:02 Chop etish versiyasi

OSIYO OʻYINLARI. Bugun musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilarimiz roʻyxati

OSIYO OʻYINLARI. Bugun musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilarimiz roʻyxati
Bugun Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo oʻyinlarining 14-kungi bahslari oʻtkaziladi.

Oʻzbekistonlik bokschilarning yetti nafari oltin medal uchun ringga koʻtariladilar. Hamyurtlarimizdan koʻplab medallar shodasi kutilmoqda. Shuningdek, dzyudo boʻyicha ayollar va erkaklar oʻrtasida jamoaviy miks bahslari oʻtkaziladi. Qolaversa, baydarka va kanoeda eshkak eshish, sambo, triatlon boʻyicha musobaqalarda ham yurtdoshlarimiz medallar uchun kurash olib boradilar.

Bahslarda ishtirok etadigan sportchilarimiz roʻyxatini eʼtiboringizga havola qilamiz:

Dzyudo:

Erkaklar, jamoaviy (saralash va final)
Ayollar, jamoaviy (saralash va final)

Sambo:

(saralash va finallar)

-90kg: Kamoliddin Xolmamatov
-90kg: Neʼmat Yoqubov
-68kg: Gulmira Ismatova
-68kg: Nilufar Davletova

Boks:

(finallar)

-49kg: Hasanboy Doʻsmatov - Amit (Hindiston)
-52kg: Jasurbek Latipov - Rogen Ladon (Filippin)

-56kg: Miraziz Mirzahalilov - Xyo Nam Jo (Shimoliy Koreya)
-60kg: Shunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Yerdenebat (Moʻgʻuliston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Moʻgʻuliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozogʻiston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozogʻiston)

Baydarka va kanoeda eshkak eshish:

Olga Umaraliyeva (yakkalik, K1, 200m, final)
Dilnoza Rahmatova (yakkalik, S1, 200m, final)
Artur Guliyev, Elyorjon Mamadaliyev (juftlik, S2, 200m, final)
Yekaterina Shubina, Yuliya Borzova (juftlik, K2, 500m, final)
Natalya Kazanseva, Yuliya Borzova, Yekaterina Shubina, Kseniya Kochneva (toʻrtlik, K4, 500m, final)

Triatlon: 

Aleksandr Kurishov, Javohir Yunusov (yakkalik, standart, final)

Manba: www.olympic.uz

OʻzA
2 049