O‘zA O`zbek

27.08.2018 10:02 Chop etish versiyasi

Osiyo oʻyinlari. Bugun futbolchilarimiz Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Osiyo oʻyinlari. Bugun futbolchilarimiz Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi
Indoneziyada XVIII Osiyo oʻyinlari davom etmoqda. Musobaqaning futbol boʻyicha bahslari oʻzining eng qizgʻin pallasiga kirgan.

Bugun musobaqa doirasida chorak final bahslari oʻtkaziladi. Unda Ravshan Haydarov boshchiligidagi futbolchilarimiz Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadilar. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi. Bu haqida www.olympic.uz sayti xabar bermoqda.

Chorak final doirasida quyidagi oʻyinlar boʻlib oʻtadi:

14:00 – Oʻzbekiston – Janubiy Koreya

14:00 – Saudiya Arabistoni – Yaponiya

17:30 – Suriya – Vyetnam

17:30 – BAA – KXDR

Ushbu bahsda futbolchilarimizga omad tilaymiz.

OʻzA
2 120