O‘zA O`zbek

01.09.2018 14:08 Chop etish versiyasi

OSIYO OʻYINLARI. Bokschilarimizdan yana bir oltin va Oʻzbekiston 5-oʻrinda

OSIYO OʻYINLARI. Bokschilarimizdan yana bir oltin va Oʻzbekiston 5-oʻrinda
XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarining boks musobaqalari doirasida 69 kilogacha boʻlgan vazn toifasida ham gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

Quvonarlisi, ushbu vazn toifasida ham final jangi hamyurtimiz ishtirokisiz oʻtmadi. Unda terma jamoamiz aʼzosi Bobo Usmon Boturov qozogʻistonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga koʻtarildi.

Joriy yil ikkita xalqaro turnir gʻolibi boʻlgan qozoq bokschisi Osiyo oʻyinlarida ham shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilishni maqsad qilganini yashirib oʻtirmadi va 1-rundda hujumga tashlandi. Ammo, iqtidorli sportchimiz vaziyatdan chiqib keta oldi va ancha murosasiz hamda hayajonli oʻtgan bellashuvda gʻalaba qozonib, Oʻzbekiston sport delegatsiyasi hisobiga 19-oltin medalni qoʻshib qoʻydi. Bu natija bilan terma jamomiz norasmiy umumjamoa hisobida Eronga yetib oldi. Ammo, bizda kumushlarning koʻpligi bois Oʻzbekiston 5-oʻringa koʻtarilib oldi.

OʻzA
2 827