O‘zA O`zbek

01.09.2018 14:37 Chop etish versiyasi

OSIYO OʻYINLARI. Bokschilarimizdan beshta oltin

OSIYO OʻYINLARI. Bokschilarimizdan beshta oltin
XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarining oʻn toʻrtinchi kungi bellashuvlari Oʻzbekiston sport delegatsiyasi uchun nihoyatda omadli boʻldi. Birgina boks sportida vakillarimiz jami 7ta medalga sazovor boʻlishdi. Shundan beshtasi oltin ekanligi bugun oʻzbek boks maktabi Osiyo qitʼasida raqobatdan xoli ekanligini koʻrsatib turibdi.

Osiyo oʻyinlari dasturidagi eng ogʻir, yaʼni 75 kilogcha boʻlgan vazn toifasida terma jamoamiz sardori va bayroqdori Isroil Madrimov qozogʻistonlik Obilxon Omonqulni 3-2 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Bu bilan u bejizga ochilish marosimida Vatan bayrogʻini koʻtarish masʼuliyati unga yuklanmaganligini isbotladi. Shu tariqa Oʻzbekiston sport delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 20taga yetdi va biz barcha koʻrsatkichlar boʻyicha Osiyoda 5-oʻringa joylashdik.

OʻzA
2 755