Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2018 14:08 Chop etish versiyasi

Osiyo o‘yinlari – 2018: Yana bir necha daqiqalardan so‘ng...

Osiyo o‘yinlari – 2018: Yana bir necha daqiqalardan so‘ng...
Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanadi.

Toshkent vaqti bilan soat 16:08da boshlanadigan ochilish marosimi ishtirokchi mamlakatlar vakillari o‘z bayroqlari bilan stadion bo‘ylab chiqish qilishadi. O‘zbekiston sport delegatsiyasida bokschi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori Isroil Madrimov bayroqdor vazifasini bajaradi.

Musobaqada 15000 nafarga yaqin sportchi va rasmiy shaxslar 40ta sport turi bo‘yicha 67ta yo‘nalishda bahslarga kirishadi va unda 465ta medal jamlanmasi o‘ynaladi. Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tadigan sport o‘yinlarini 5000 nafardan ziyod ommaviy axborot vositalari bevosita voqea joyidan yoritib boradilar. Bu galgi qit’a o‘yinlarida O‘zbekistondan ham 20 nafar jurnalist ishtirok etishmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Osiyo o‘yinlari o‘z tarixida ilk marotaba ikki shaharda (Jakarta va Palembang) o‘tkazilmoqda.

Xabaringiz bor, rasmsiy musobaqada vakillarimizning ayrimlari o‘z ishtiroklarini boshlab yuborishgan. Futbolchilarimiz bir emas, ikkita o‘yin o‘tkazishib (Bangladesh va Qatar termasini mag‘lubiyatga uchratgan), muddatidan oldin navbatdagi bosqich masalasini hal etib bo‘lgan. Asosiy musobaqalarga esa ertaga start beriladi. Unda birinchilardan bo‘lib suzish, erkin kurash, ushu, o‘q otish, akademik eshkak eshish, tennis hamda qilichbozlik bo‘yicha bahslarda sportchilarimiz o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Oybek Yunusov, O‘zA
4 907