O‘zA O`zbek

07.08.2018 18:00 Chop etish versiyasi

Osiyo O‘yinlari-2018: Vatanimiz sport sharafini kimlar himoya qiladi?

Osiyo O‘yinlari-2018: Vatanimiz sport sharafini kimlar himoya qiladi?
Xabaringiz bor, roppa-rosa o‘n kundan keyin Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-bor o‘tkazilayotgan yozgi Osiyo O‘yinlari start oladi. 

Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitamizda qit’amizdagi to‘rt yillikning muhim sport tadbirida ishtirok etuvchi sportchilarimizni rasmiy kuzatish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari mutasaddilari, murabbiylar, sport jamoatchiligi ishtirok etdi. Mazkur musobaqada yurtimiz sharafini 232 nafar sportchimiz sportning 30 turi bo‘yicha himoya qilishadi. 

E’tiboringizga Osiyo O‘yinlarida ishtirok etuvchi sport delegatsiyamiz tarkibini havola qilib boramiz.

YUNON-RUM KURASHI

60kg - Islomjon Bahromov
67kg - Yelmurat Tasmuradov
77kg - Bilan Nalgiyev
87kg - Rustam Assakalov
97kg - Jahongir Turdiyev
130kg - Mo‘minjon Abdullayev

KURASH 
(shuni alohida ta’kidlash joizki, bu yilgi Osiyo O‘yinlarida ilk marotaba milliy sport turimiz hisoblangan Kurash Osiyo O‘yinlari dasturidan o‘rin olgan. Bungacha Ashxobodda bo‘lib o‘tgan yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida ishtirok etgan)

Erkaklar - Ma’ruf G‘aybulloyev, Ruslan Bo‘riyev, Sarvar Shomurodov, Muso Sobirov, Shermuhammad Janriyev, Yahyo Imomov, Muhsin Hisomiddinov, Nurbek To‘rayev.
Ayollar - Gulnora Sulaymonova, Oysuluv Abdumajidova, Dildora Shermetova, Muxlisa Abdumalikova, Kumush Yo‘ldosheva, Dilroza Bozorova.
Zaxira - Temurxon To‘rayev.
Bosh murabbiy - Rizamat Soliyev.
Murabbiy - Dilfuza Rahmatova.
Jamoa rahbari - Abbos To‘ychiboyev.

BAYDARKA VA KANOEDA ESHKAK ESHISH 

Erkaklar - Vadim Menkov, Elyorjon Mamadaliyev, Artur Guliyev, Serik Mirbekov, Nurislom To‘xtasin o‘g‘li, Ernest Irnazarov, Shohruh A’zamov, Shahriyor Mahkamov, Vilyam Ibragimov, Aleksandr Tropin, Javohir Nurmatov, Aleksey Mochalov.

Ayollar - Yekaterina Shubina, Kseniya Kochneva, Yuliya Borzova, Olga Umaraliyeva, Natalya Kazanseva, Nilufar Zokirova, Dilnoza Rahmatova.
Zaxira - Michal Brzuchalskiy, Rustam Ablyakimov.

Bosh murabbiy - Aleksandr Ponomarev.
Murabbiylar - Vyacheslav Sergeyev, Rustam Mirzadiyorov, Vyacheslav Shubin.

SLALOMDA ESHKAK ESHISH 

Alibek Temirgaliyev
Abubakir Bukanov
Jonibek Temirgaliyev
Ramil Kirpichev

Murabbiy - Izzatilla Rahmatullayev.

AKADЕMIK ESHKAK ESHISH 

Shahboz Xolmurzayev
Shahboz Abdujabborov
O‘ktamjon Davronov
Abdullo Muhammadiyev
Farruh Ostonov
Jasurbek Mavlonov
Alisher Turdiyev
Sardor To‘lqinxo‘jayev
Zafar Usmonov
Islombek Mambetnazarov
Shehroz Hakimov
Shohjahon Najmiyev
Otamurod Rahimov
Dostonjon Bahriyev
Dostonjon Xursanov
Alisher Yarov
Anatoliy Krasnov

Zaxira - Bekzod Xolmirzayev, Abubakir Uzoqboyev.

Bosh murabbiy - Vyacheslav Didrix.
Murabbiylar - Dmitriy Shugurov, Sergey Tyan.
Shifokor - Marat Hamroyev.
Massajchi - Roman Astashov.

Oybek Yunusov, O'zA
8 303