O‘zA O`zbek

30.08.2018 16:30 Chop etish versiyasi

Osiyo oʻyinlari - 2018: Shermuhammad Jandriyev va Yahyo Gʻulomovdan oltin hamda kumush medal!

Osiyo oʻyinlari - 2018: Shermuhammad Jandriyev va Yahyo Gʻulomovdan oltin hamda kumush medal!

Oʻzbek kurashi boʻyicha musobaqalarning - 90 kg vazn toifasidagi oltin va kumush medallar Oʻzbekiston vakillari oʻrtasida taqsimlandi.

Shermuhammad Jandriyev va Yahyo Gʻulomov oʻrtasidagi bahsda Jandriyev 11:10 hisobida gʻalaba qozondi. Jandriyev Osiyo oʻyinlari chempioniga aylandi. Gʻulomov esa kumush medal bilan taqdirlanadi.

Final bahsiga Yahyo Gʻulomov kichik jarohat bilan yetib kelgandi.

Shu tariqa, oʻzbekistonlik kurashchilar Osiyo oʻyinlarida 6ta oltin, 2ta kumush va 4ta bronza olib, Oʻzbekiston delegatsiyasining eng sermahsul jamoasiga aylanishdi.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi oltin medallar soni 15 taga yetdi. Umumiy reytingda Oʻzbekiston jami 52 ta medalga (15-19-18) egalik qilgan holda oltinchi oʻrinni mustahkamladi.

O'zA
2 362