O‘zA O`zbek

25.08.2018 12:41 Chop etish versiyasi

Osiyo oʻyinlari - 2018: Istomin O'zbekistonga navbatdagi oltin medalni hadya etdi.

Osiyo oʻyinlari - 2018: Istomin O'zbekistonga navbatdagi oltin medalni hadya etdi.

Xabaringiz bor, kecha oʻzbekistonlik tennischi Denis Istomin Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlari tennis bahslarining final uchrashuviga yoʻllanmani qoʻlga kiritgandi.

Denis bugun finalda xitoylik Vu Yibing bilan kortga chiqib, birinchi setda 2 : 6 magʻlub boʻldi. Ikkinchi setda esa 6 : 2 hamda uchinchi - ogʻir kechgan setda 7 : 6 hisoblarida Yibingni magʻlub etib, mamlakatimiz termasi uchun beshinchi oltin medalni qoʻshib qoʻydi.

Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 5 ta oltin, 10 ta kumush va 7 ta bronza medali bilan 10 oʻrinda bormoqda.

O'zA
3 252