O‘zA O`zbek

23.08.2018 15:40 Chop etish versiyasi

Osiyo oʻyinlari-2018. Gimnastika afsonasidan yana bir olamshumul natija

Osiyo oʻyinlari-2018. Gimnastika afsonasidan yana bir olamshumul natija

Osiyo oʻyinlari-2018 dasturidagi sport gimnastikasi musobaqalarida ham kuchlilar saralanmoqda.

Jumladan, sport gimnastikasining tayanib sakrash bahslarida ushbu sport turida afsonaga aylangan atletimiz Oksana Chusovitina kumush medalga sazovor boʻldi. Uning chiqishini hakamlar 14,287 ballga munosib koʻrishdi va bu koʻrsatkich bilan terma jamoamiz yetakchisi oltin medalga sazovor boʻlgan janubiy koreyalik Seo Jong Yodan atigi 0,100 ballga ortda qoldi. Kuchli uchlikni KXDR vakilasi Ri Yong Pyon yakunlab berdi. Qizigʻi, sovrinli oʻrinlarga sazovor boʻlgan koreys sportchilarining umumiy yoshi 33ni (biri 16, ikkinchisi 17 yoshda) tashkil etsa, Chusovitina allaqachon qirchillama yoshdan oʻtib boʻlgan. Mana shu yoshida farzandidan ham kichik yoshli sportchilar bilan tengma-teng kurashish – bu sportchidan yuksak iroda talab qiladi. Biz esa Oksanani ajoyib natija – Osiyo oʻyinlarining kumush medali bilan tabriklaymiz.

O'zA
4 151