O‘zA O`zbek

27.08.2018 16:57 Chop etish versiyasi

Osiyo oʻyinlari - 2018. Futbol: Terma jamoamiz chorak finalda toʻxtadi

Osiyo oʻyinlari - 2018. Futbol: Terma jamoamiz chorak finalda toʻxtadi

Osiyo oʻyinlarining hamyurtlarimiz ishtirokidagi futbol musobaqasida borar manzilimiz chorak final boʻldi.

Hozirgina yakuniga yetgan Oʻzbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvda gʻolib qoʻshimcha vaqtlarda aniqlandi. 90 daqiqalik asosiy vaqtda 3:3 hisobi qayd etilgach bosh hakam qoʻshimcha vaqt belgiladi. Bu vaqtga kelib futbolchilarimizda jismonan charchoq alomatlari sezilib turgandi. Va bu ularning xatti-harakatida oʻz aksini topdi. Avvaliga Ikrom Aliboyev yoʻq joydan oʻziga ikkinchi sariq kartochka “ishlab oldi” va maydonni tark etib, jamoadoshlarini noqulay ahvolga solib qoʻydi. Uchrashuv tugashiga sanoqlim daqiqalar qolganda esa jarima maydoni ichida Rustam Ashurmatov raqib oʻyinchiga nisbatan ochiqdan-ochiq qoʻpol oʻynadi. Bu kabi xato Rustamda birinchisi emasdi, koreyaliklar tomonidan darvozamizga kiritilgan uchinchi toʻpda ham aynan Ashurmatov raqiblarini “qoʻllab-quvvatlab” yuborgandi. Darvozabonimiz Botirali Ergashev penaltini qaytarishga urindi, biroq toʻp uning qoʻliga tegib, darvoza toʻridan joy oldi.

Shu tariqa Osiyo oʻyinlari bosh sovrini uchun katta niyatlar bilan kurashga kirishgan futbolchilarimiz qiyin kechgan oʻyinda raqiblariga imkoniyatni boy berdi va musobaqani chorak finaldayoq toʻxtatishga majbur boʻlishdi.

Oʻzbekiston - Janubiy Koreya - 3:4

Hakamlar: Al Xoish Muhammad Xolid (Saudiya Arabistoni), Ali Ubaydi Haydar Abdulhasan (Iroq), Al Hikmani Rashad Rashid Said (Ummon).

Oʻzbekiston: Botirali Ergashev, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Abbos Otaxonov, Jaloliddin Masharipov (Andrey Sidorov, 119), Odiljon Hamrobekov, Zabixillo Oʻrinboyev (Doniyor Narzullayev, 112), Javohir Siddiqov (Xurshid Gʻiyosov, 85), Ikromjon Aliboyev, Dostonbek Hamdamov (Bobir Abdixoliqov, 68), Dostonbek Tursunov.

Janubiy Koreya: Song Bum Kun, Xvang Xyun Su, Kim Min Jae, Kim Jin Ya, Kim Mun Xvan, Son Xon Min, Xvang In Bom, Na Sang Xo (Xvang Xi Chan, 46), Jang Yun Xo (Li Jin Xu, 22), Li Song Mu (Li Song Vu, 61), Xvang Ui Jo.
Gollar: Jaloliddin Masharipov (17), Ikrom Aliboyev (51, 57) - Xvang Ui Jo (4, 35, 74), Xvang Xi Chan (118-pen.).

Ogohlantirishlar: D.Hamdamov (43), R.Ashurmatov (66), I.Aliboyev (85) - Kim Min Jae (104), Xvang Xi Chan (117).

Chetlatish: I.Aliboyev (99), J. Masharipov (120).

O'zA
2 975