O‘zA O`zbek

27.08.2018 15:54 Chop etish versiyasi

Osiyo o'yinlari - 2018. Futbol: Asosiy vaqtda hisob teng, yutish uchun imkoniyat bor

Osiyo o'yinlari - 2018. Futbol: Asosiy vaqtda hisob teng, yutish uchun imkoniyat bor

Ayni paytda oʻzbekistonlik futbol muxlislarining diqqat-eʼtibori Indoneziyada oʻtayotgan Osiyo oʻyinlari doirasidagi futbol musobaqasining chorak finalida Janubiy Koreya termasiga qarshi toʻp surayotgan futbolchilarimizda.

Yarim final yoʻllanmasi uchun kurashayotgan Ravshan Haydarov shogirdlari chorak finalda koreyaliklarga qarshi uchrashuvning asosiy vaqtida hisobni tenglashtirib turishibdi 3:3.

Janubiy Koreya terma jamoasi gollarining uchalasiga ham Xvang Ui Jo mualliflik qilgan boʻlsa, hamyurtlarimiz tomonidan kiritilgan gollarning ikkitasi Ikrom Aliboyev va bittasi Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritildi.

Oʻyin yana bir necha daqiqalardan qoʻshimcha vaqtlarda davom etadi. Futbolchilarimizning gʻalaba qozonishiga va musobaqaning sovrinli oʻrinlari uchun kurashishni davom ettirishlariga umid qilamiz.

O'zA
2 872