Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.08.2018 20:20 Chop etish versiyasi

Osiyo o‘yinlari – 2018

Osiyo o‘yinlari – 2018
Osiyo o‘yinlarining ochilish marosibi bo‘lib o‘tdi.

Indoneziyaning Jakarta shahrida joylashgan “Gelora Bung Karno Stadium”daXVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Unda Osiyo qit’asining 45 mamlakatidan 10 mingga yaqin sportchi 40 sport turi bo‘yicha 476 medallar shodasi uchun kurashadi.

To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqalaridan biri – Osiyo o‘yinlarida 232 nafar hamyurtimiz sportning 30 turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

“Gelora Bung Karno Stadium”daochilish marosimi tantanalari boshlandi. Marosimning eng hayajonli va qiziqarli qismi – bu musobaqalarda ishtirok etadigan mamlakatlar sport delegatsiyalarining chiqishidir.

...Qariyb 80 mingga yaqin muxlislar bilan to‘lib toshgan stadionga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini, boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibiIsroil Madrimov baland tutgan holda olib kirdi. Bayrog‘imiz ortidan Vatan sharafini munosib himoya qiladigan, bahslarda o‘zbek farzandlari hech kimdan kam emasligini dunyoga yana bir karra ko‘rsatadigan sportchilar, murabbiy va mutaxassislar maydonga kirib keldi.

O‘zbekiston sportchilari xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. Jumladan, Osiyo o‘yinlarida 1994 yildan buyon muntazam qatnashayotgan O‘zbekiston sportchilaribugunga qadar o‘tgan oltita Osiyo o‘yinlarida 63 oltin, 96 bronza, 115 ta bronza – jami 274 ta medallar jamg‘armasini qo‘lga kiritgani bois, haqli ravishda kuchlilar qatoridan o‘rin olib kelmoqda.

Sportchilarimiz navbatdagi Osiyo o‘yinlarida ham munosib ishtirok etishga astoydil bel bog‘lagan. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 martdagi O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risidagi qarori bu boradagi ishlarni izchil, tizimli va yangicha asosda yo‘lga qo‘yishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

...Stadionda qit’amizning 45 mamlakati sportchilari saf tortdi. Shu tariqa. Osiyo o‘yinlari madhiyasi yangrab, XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari bayrog‘i ko‘tarildi. Sportchilar va hakamlar qasamyod qabul qildi. O‘yinlarning muvaffaqiyatli o‘tishi, xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamjihatlik va farovonlik ramzi sifatida mash’alani yoqildi.

Shunday qilib, XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari boshlandi. Musobaqalarda sportchilarimizga g‘alaba yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
18 615