Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.09.2017 11:42 Chop etish versiyasi

“Osiyo o‘yinlari – 2017”: navbatdagi g‘alabalar

Turkmanistonda Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining kurash bo‘yicha bahslarida 81 kilogrammgacha vazn toifasida polvonimiz Kamoliddin Rasulov yamanlik Muhammad Husayn Al-Jarraxni, yarim finalda turkmanistonlik Muhammad Temirovni mag‘lubiyatga uchratdi. Final bellashuvida Kamoliddin Xitoy Taypeyi vakili Ta Chun Xuang ustidan 5:0 hisobida zafar quchib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Davlat Abrayev va Kumush Yo‘ldosheva ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Gavhar Xudoyqulova bronza medal bilan taqdirlandi.

Og‘ir atletikachilar musobaqasida Shahzod Xudoyberganov kumush, taekvondochilar bahsida Shuhrat Salayev bronza medal sohibi bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 299






Все о погоде - Pogoda.uz