Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.09.2017 12:36 Chop etish versiyasi

“Osiyo o‘yinlari – 2017”: medallar soni 77 taga yetdi

Turkmanistonda Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha davom etayotgan V Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz navbatdagi medallarni qo‘lga kiritdi.  

Belbog‘li kurash bo‘yicha vazni 55 kilogrammgacha bo‘lgan xotin-qizlar o‘rtasida Manzuroy Mo‘ydinova pokistonlik Xumayra Oshiq, turkmanistonlik Lochin Badagliyeva, indoneziyalik Putri Dian Rahmaniaxni mag‘lubiyatga uchratib, finalda mezbonlar vakili Marjon Inatullayeva bilan qarshi kuch sinashdi.

Manzuroy so‘nggi hal qiluvchi bellashuvda Marjonni katta ustunlik bilan yengib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Sherzodjon Rahimov, Abdurasul Habibullayev, Eldor Ne’matov, Obidali Mavlonov, Sahobat Sheraliyeva, Gulmira Ismatova o‘z vazn toifalarida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy egalladi.

Kurash bo‘yicha o‘tgan bahslarda Muhsin Xisomiddinov, Ilhom Jo‘rayev, Shuhratjon Arslonov, Gulnora Sulaymonova, Dildora Shermatova barcha raqiblarini yengib, terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni qo‘shib qo‘ydi.

50 metr masofaga erkin usulda suzish bahslarida iste’dodli sportchimiz Xurshidjon Tursunov kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, vazni 85 kilogramm bo‘lgan og‘ir atletikachilar o‘rtasida Ulug‘bek Alimov ikkinchi pog‘onani egalladi.

Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida hozircha O‘zbekiston terma jamoasi 16 oltin, 19 kumush va 42 bronza medal jamg‘arib umumjamoa hisobida uchinchi pog‘onada bormoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA
2 679






Все о погоде - Pogoda.uz