O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Osiyo kubogi: velosportchilarimizdan muvaffaqiyatli kun

Osiyo kubogi: velosportchilarimizdan muvaffaqiyatli kun

Bugun Hindistonda velosportning trek yoʻnalishi boʻyicha kattalar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo kubogi start oldi. Musobaqaning birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi, deb xabar bermoqda MOQ.

Oʻsmirlar oʻrtasida kechgan poygalarda vakillarimiz 2 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor boʻldilar. Ayniqsa, xorazmlik Behzodbek Rahimboyev skretch va ochkolar boʻyicha guruh poygasi yoʻnalishlarida qitʼamizda tengsiz ekanini isbotlab, har ikki yoʻnalishda ham oltin medallarga sazovor boʻldi. Shuningdek, jahon reytingining uchinchi pogʻonasiga koʻtarilib olgan sirdaryolik Yanina Kuskova skretch bahsida kumush medal bilan taqdirlandi.

Taʼkidlash oʻrinliki, kattalar oʻrtasidagi musobaqaning kelgusi dasturlarida ishtirok etadigan hamyurtlarimizda Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini jamgʻarib olish imkoni bor.

2 174
OʻzA