Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 3-martdagi qaroriga binoan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan iste’dodli qizlar orasida Navoiy viloyatidagi Uchquduq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Dilnoza Kamolova ham bor.

2-Kamolova Dilnoza-Navoiy.JPG

Dilnoza dastlab milliy kurash bilan shug‘ullandi, keyinchalik sambo va dzyudo to‘garaklariga ham qatnasha boshladi. Uchquduq tumanidagi “Lochin” sport majmuasida sport sirlarini o‘rgangan sportchi qiz avval tuman va viloyat, so‘ngra mamlakat miqyosidagi musobaqalarda sovrindorlar qatoridan joy oldi. Ayni paytda qit’a chempionatlarida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

– Bolaning iste’dodini erta aniqlash uning kelajakda hayotdan o‘z o‘rnini egallashida muhim ahamiyatga ega, – deydi Uchquduq qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji direktorining o‘rinbosari Mubina Kamolova. – Dilnozaning sportga kirib kelishiga otasi sababchi bo‘lgan. Qizining iste’dodini to‘g‘ri yo‘naltirgan. Dilnozaning ukasi ham sport bilan muntazam shug‘ullanadi. Ta’lim maskanimizda bunday iste’dodli yoshlar tarbiyalanayotganidan faxrlanamiz.

Dilnoza 2015–2016-yillarda kurash va dzyudo bo‘yicha sport ustasi bo‘ldi. Dzyudo bo‘yicha mamlakat terma jamoasi a’zoligiga qabul qilindi.

– Prezidentimizning yoshlar kamolotiga qaratayotgan alohida e’tibori bizni yuksak marralarga undaydi, – deydi Dilnoza. – Men sportning dzyudo turi bilan muntazam shug‘ullanib, qator yutuqlarga erishdim. Gilamga g‘urur va or uchun, menga berilgan ishonchni oqlash uchun tushaman. Uchquduqdek olis tumanda yashaydigan oddiy bir sportchi qizning Prezidentimizning qo‘llaridan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini olishi har qanday kishini to‘lqinlantirib yuboradi. Bu hayotimdagi eng unutilmas kun, erishgan g‘alabalarimning eng quvonchlisi bo‘ldi. Bunday yuksak rag‘batga doim munosib bo‘lishga harakat qilaman.

Sportda katta yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan Dilnoza kelajakda yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishni maqsad qilgan. U o‘zi kabi sportga ixlosmand qizlar safini kengaytirish, malakali murabbiyalar ko‘magida ayollar sportini yanada rivojlantirish, ayniqsa, qizlar uchun maxsus sport majmualari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni orzu qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orzulari ushalayotgan Dilnoza