O‘zA O`zbek

04.11.2019 Chop etish versiyasi

Oqgul Omonmurodova Fransiyada g‘olib bo‘ldi

Oqgul Omonmurodova Fransiyada g‘olib bo‘ldi

Fransiyaning Nant shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan o‘tkazilgan turnirda Oqgul Omonmurodova g‘alaba qozondi.

Tennischimiz musobaqaning juftlik bahslarida gruziyalik Yekaterina Gorgodze bilan tandem hosil qildi. Oqgul va Yekaterina so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida germaniyalik Vivian Xeisen hamda rossiyalik Yana Sizikovani 7:6, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu g‘alaba O.Omonmurodova va Ye.Gorgodzega musobaqa bosh sovrinini keltirdi. Yakkalik bahslarida esa chempionlik ispaniyalik Kristina Buskaga nasib qildi.

796
Javohir TOShXO‘JAEV, O‘zA