O‘zA O`zbek

30.07.2020 Chop etish versiyasi

Onlayn shaxmat musobaqasi davom etadi

Onlayn shaxmat musobaqasi davom etadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi karantin davrida yurtdoshlarimiz orasida sogʻlom turmush tarzini yana-da ommalashtirish, xususan aholi orasida aql-zakovat sporti boʻlmish shaxmatni keng targʻib etish maqsadida joriy yilning 20-iyulidan boshlab onlayn shaxmat musobaqasini eʼlon qilgandi.

“Uyda qol – gʻalaba qozon” shiori ostida oʻtkazilayotgan ushbu shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston musobaqasida qatnashish uchun shu kungacha 3 500 nafardan ortiq yurtdoshimiz CHESS.COM saytida “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi” https://www.chess.com/club/uzbekiston-respublikasi... sahifa orqali roʻyxatdan oʻtishgan. Biroq bu soʻnggi chegara emas va musobaqada qatnashish istagidagi yurtdoshlarimiz bemalol, hozirning oʻzida yuqorida koʻrsatilgan manzil orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Onlayn Oʻzbekiston musobaqasida har kuni oʻrtacha 2 mingga yaqin shaxmatchi gʻoliblik uchun oʻzaro dona surishmoqda. Va har bir turnir yakuniga koʻra eng kuchli 10 nafar shaxmatchi saralab olinmoqda. Ular esa shu yil 20-dekabr kuni Toshkentda oʻtkaziladigan Grand Final gʻolibligi va albatta “Spark” avtomobilini qoʻlga kiritish uchun oʻzaro bahslashadi.

Muhim eʼlon: 24-iyul kuni CHESS.COM platformasida yuzaga kelgan texnik nosozliklar tufayli shaxmat boʻyicha onlayn Oʻzbekiston musobaqasida 5-turnir bahslari yakuniga yetmay qoldi. Shu sababli 24-iyul kungi oʻyin natijalari inobatga olinmaydi va mazkur turnir 30-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi.

7 690
OʻzA