O‘zA O`zbek

06.08.2018 15:32 Chop etish versiyasi

ONLAYN. Ektor Kuper: “Mening ham o‘z rejalarim bor”

ONLAYN. Ektor Kuper: “Mening ham o‘z rejalarim bor”
Milliy terma jamoamiz yangi Bosh murabbiyi argentinalik mutaxassis Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani qizg‘in pallaga kirdi.

Mutaxassis jurnalistlarning savollariga javob qaytarmoqda.

“Hamma murabbiylar singari mening ham shaxsiy rejalarim bor. Olimpiya termasi uchun men javobgar emasman. O‘yinlarini kuzatishim mumkin xolos. Mening asosiy rejam – qisqa, sekin va lo‘nda”, dedi Kuper.

“O‘zbekiston haqida ma’lumotga egamisiz?” degan savolga E.Kuper shunday javob berdi:

“Hozircha hech narsa haqida xabardor emasaman. Ishonchim komil, bu jamoa bilan nimagadir erisha olaman”.

“Siz mamlakatimizda muntazam istiqomat qilasizmi, yoki faqat yig‘inlarda kelib-ketib yurasizmi?”, degan savolga E.Kuper: “Avval sharoitlar bilan tanishib chiqishim kerak. Argentina va Ispaniyaga ham borib kelib turaman. Murabbiylar bilan kelishib ish qilaman. Mahalliy murabbiylar bilan ham kelishib ish qilishim mumkin agar ulardan qaysinisidir menga ma’qul bo‘lsa”.

Shohruh No‘monov, Muhammad Amin (surat) O‘zA
2 080