O‘zA O`zbek

06.08.2018 15:21 Chop etish versiyasi

ONLAYN. Ektor Kuper: “Bir g‘oya ostida birlashishimiz kerak”

ONLAYN. Ektor Kuper: “Bir g‘oya ostida birlashishimiz kerak”
Milliy terma jamoamiz yangi Bosh murabbiyi argentinalik mutaxassis Ektor Kuperishtirokidagi matbuot anjumani davom etmoqda.

Mutaxassis, avvalo, O‘zbekistonga kelganidan mamnun ekanini bildirdi. U o‘z so‘zida barchaning birgalikdagi bosh maqsadi Milliy terma jamoa bilan yaxshi natijalarga erishish ekanini ta’kidladi.

“Qo‘limdan kelgan barcha ishni amalga oshiraman. Birinchi navbatda, bir g‘oya ostida birlashishimiz lozim. Eng muhimi, futbolchilar va murabbiylar o‘rtasida iliq munosabat bo‘lishi kerak”, dedi Kuper.

Shuningdek, mutaxassis futbolchi va murabbiylar shtabi bilan tanishib olishini, milliy chempionatdagi o‘yinlarni muntazam kuzatib borishini aytdi.

Shohruh No‘monov, Muhammad Amin (surat), O‘zA
2 187