O‘zA O`zbek

24.08.2018 16:14 Chop etish versiyasi

Ommaviylikdan chempionlik sari

Ommaviylikdan chempionlik sari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati “Sport haftaligi” musobaqalari tashkillashtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlab Respublikamizning barcha hududlarida sport musobaqalari va sogʻlomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda. Ushbu musobaqalarda aholining barcha qatlamlari ishtirokini taʻminlash va uni ommaviylashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan joriy yilning 24-30-avgust kunlari “Sport haftaligi” deb eʻlon qilindi.

de307fea-8d97-44af-937a-6677088d7074.jpg

Mazkur sport tadbirlari jismoniy tarbiya va sportni fuqarolar oʻrtasida keng targʻib qilish, aholining barcha qatlamlarini sport bilan shugʻullanishga jalb qilish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tayyorlash tizimini rivojlantirishga asos boʻladi. Shuningdek, yoshlarni oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlashni oʻrgatish bilan bir vaqtda, ularga mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga boʻlgan sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va maʻnaviy sogʻlomlikning asosi ekanligini yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladi.

32997bd0-0f23-43ea-b56c-5a997be3c81a.jpg

Ushbu sport haftaligi doirasida Respublikamizning barcha hududlari qamrab olinmoqda. Xususan, Toshkent shahrida tashkillashtirilayotgan sport musobaqalarida Toshkent shahrining 11 ta tumanidan sportning mini futbol, yengil atletika, voleybol, stol tennisi va armrestling turlaridan jamoalar ishtirok etadilar.

28a026a5-a268-43e8-93bb-b4b35776a5ec.jpg

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 25-avgust kuni Olmazor tumanida 2-sonli bolalar-oʻsmirlar sport maktabida “Quvnoq startlar” musobaqalari, 26-avgust kuni “Paxtakor” Markaziy stadionida ommaviy yugurish musobaqalari boʻlib oʻtadi. Sport tadbirlarimiz davom etmoqda.

O'zA
1 574