O‘zA O`zbek

10.05.2020 Chop etish versiyasi

Olimpiya oʻyinlari sovrindorining siri fosh boʻldi

Olimpiya oʻyinlari sovrindorining siri fosh boʻldi

Bugungi zamonaviy sportning koʻplab turlarida doping moddalari alohida ahamiyatga ega. Sabab, sportchilar dopingdan foydalangan holda maʼlum bir marralarni zabt etadilar. Biroq har bir yolgʻon qachondir fosh boʻlganidek, har qanday doping natijalari ham biroz vaqt oʻtishi bilan oʻz natijasini koʻrsatadi.

Olimpiya oʻyinlari tarixidan shvetsiyalik Xans-Gunnar Liyenvoll birinchi boʻlib doping moddalarini isteʼmol qilgan sportchi sifatida joy olgan. Uning 1968-yilgi Olimpiya oʻyinlari davomida topshirgan doping-sinamasida etanol moddasi aniqlangan va zamonaviy beshkurash sportidagi Olimpiada bronza medalidan mahrum boʻlgan.

Bu holatga izoh berilar ekan, etanol moddasi sportchilarga oʻq otish paytida qoʻldagi titroqni yoʻqotishga yordam berishi taʼkidlanadi.

Ha, har bir sportchi tarix zarvaraqlarida qolishni istaydi. Kimdir halol va tinimsiz mehnatlari orqali qoʻlga kiritgan ulkan natijalari bilan barchaning yodida qolsa, kimdir taqiqlangan moddalarni isteʼmol qilganligi isbotlangan holda tarixga aylanadi.

7 587
OʻzA