O‘zA O`zbek

18.10.2019 Chop etish versiyasi

“Olimpiada-2020” musobaqalari Kuril orollarida oʻtkaziladimi?

“Olimpiada-2020” musobaqalari Kuril orollarida oʻtkaziladimi?

Tokio Gubernatori Kiodo Susin Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining Tokiodagi kuchli issiq tufayli “Olimpiada-2020”ning ayrim musobaqalarini bu shahardan Sapporoga koʻchirish boʻyicha taklifini izohlay turib, bu oʻyinlarni Kuril orollarida oʻtkazishni taklif qildi.

“Kyodo” agentligi Susinning “Agar sovuqroq joy kerak boʻlsa, oʻyinlarni nega endi shimoliy hududlarda oʻtkazish mumkin emas”, degan soʻzlarini keltiradi.

“Yaponlar Kuril orollarini shimoliy hududlar deb ataydi. Kuril orollari esa Rossiyaga qarashli”, deyiladi “REGNUM” xabarida.

Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar mahkamasi Yaponiyaning Olimpiadani siyosiylashtirishidan taassufini maʼlum qilgandi.

769
OʻzA