O‘zA O`zbek

20.07.2020 Chop etish versiyasi

OGʻIR ATLETIKA: Polvonlarimiz ilk onlayn xalqaro turnir gʻolibi

OGʻIR ATLETIKA: Polvonlarimiz ilk onlayn xalqaro turnir gʻolibi

Karantin davrida ilk bor tashkil etilgan ogʻir atletika boʻyicha xalqaro onlayn musobaqa nihoyasiga yetdi. Turnirning soʻnggi dasturlarida erkaklar oʻrtasida ogʻir vaznli ishtirokchilar oʻzaro kurash olib borishdi.

Unda qatnashgan vakillarimizdan Sarvar Zafarjonov (-89 kg), Farhod Sobirov (-102 kg) va Akbar Joʻrayev (-109 kg) oʻz vazn toifalarida shohsupadan joy olishdi. Vakillarimiz quyidagicha natijalar qayd etishdi:

Sarvar Zafarjonov – 357 kg (162 kg + 195 kg)
Farhod Sobirov – 355 kg (165 kg + 190 kg)
Akbar Joʻrayev – 410 kg (190 kg + 220 kg)

Shu tariqa musobaqada qatnashgan atletlarimizning barchasi sovrinli oʻrinlarni egallashdi.

Natijalar bilan tanishing:

1-oʻrin:

Tursunoy Jabborova (-81 kg)
Sarvar Zafarjonov (-89 kg)
Farhod Sobirov (-102 kg)
Akbar Joʻrayev (-109 kg)

2-oʻrin:

Nigora Abdullayeva (-55 kg)
Adhamjon Ergashev (-73 kg)

3-oʻrin:

Kumushxon Fayzullayeva (-71 kg)

8 755
OʻzA