O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

OG‘IR ATLETIKA: Medallarning barchasidan bor, yana bo‘ladi

OG‘IR ATLETIKA: Medallarning barchasidan bor, yana bo‘ladi

Ayni paytda Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Unda ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik sportchilar qator muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishmoqda

O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, turnirning qizlar o‘rtasidagi bahslarida -49 kg vazn toifasida supaga chiqqan Nigora Abdullaeva dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlarida jami 170 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, o‘smirlar o‘rtasida kumush va yoshlar o‘rtasida bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarning -73 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakillari oltin va kumush medalga ega bo‘lishdi.

Xususan, ushbu bahsda ikki yo‘nalish natijasiga ko‘ra, 294 kg.lik natija qayd etgan Asadbek Narimonov turnir g‘olibiga aylangan bo‘lsa, Og‘abek To‘xtaev 292 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib ikkinchi o‘rin sohibiga aylandi.

Mazkur musobaqa Tokio olimpiadasi uchun eng muhim bo‘lgan oltin ochkolarni taqdim etishi bilan alohida ahamiyatga egaligini ham qayd etish joiz.

1 252
O‘zA