O‘zA O`zbek

25.10.2019 Chop etish versiyasi

Og‘ir atletika: Kumushxon Fayzullaeva qit’ada tengsiz

Og‘ir atletika: Kumushxon Fayzullaeva qit’ada tengsiz

Koreya Xalq Demokratik Respublikasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Kecha yoshlar o‘rtasida -64 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan qizimiz Kumushxon Fayzullaeva 3 yo‘nalishda oltin medallarni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

17 yoshli vakilamiz dast ko‘tarishda 97 kg, siltab ko‘tarishda 125 kg, ikki kurash natijasida esa 222 kilogramm natija bilan qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.

Yana bir ahamiyatli jihati hamyurtimiz bu natija bilan o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarishda o‘ziga tegishli jahon rekordini takrorlagan bo‘lsa, siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha yangi jahon rekordlarini o‘rnatishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Ta’kidlash joiz, sportchimiz qayd etgan natija unga Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etadi.

1 033
O‘zA