O‘zA O`zbek

07.05.2020 Chop etish versiyasi

Odil Ahmedov jamoasi karantin qoidalariga amal qilmayapti

Odil Ahmedov jamoasi karantin qoidalariga amal qilmayapti

Tajribali futbolchimiz Odil Ahmedov faoliyat koʻrsatayotgan Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi mashgʻulotlarga toʻliq kirishdi.

Xitoyda koronavirus pandemiyasi ortidan qabul qilingan karantin talablarining katta qismi bekor qilingani sabab mazkur klub mashgʻulotlarni tibbiy niqoblarsiz, shuningdek, bir-birlariga tekkan holda davom ettirmoqda. Bu esa bir qator futbolchilarni vahimaga solmoqda.

Eslatib oʻtamiz, shanxayliklar tarkibida Odil Ahmedov bilan birgalikda, Xalk, Oskar va Rikardu Lopes singari mashhur futbolchilar toʻp tepadi.

6 549
OʻzA