O‘zA O`zbek

07.09.2018 15:50 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston chavondozlari finalda

Oʻzbekiston chavondozlari finalda
Qirgʻizistonda boʻlib oʻtayotgan Butunjahon koʻchmanchi xalqlar oʻyinlarida uloq koʻpkari bahslarida Oʻzbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirokini davom ettirdi.

6-sentyabr kuni Oʻzbekiston koʻpkari jamoasi Qozogʻiston koʻpkari terma jamoasi bilan bahs oʻtkazib, 5:4 hisobida gʻalabaga erishdi.

Endi oʻzbekistonlik uloqchilar finalda Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi kurash olib boradi. Mezbonlar yarim finalda Rossiya termasi ustidan yirik hisobda gʻalabaga erishgan.

Qayd etish kerakki, Qozogʻiston amaldagi jahon chempioni hisoblanardi, Oʻzbekiston jamoasi esa shu vaqtgacha hech bir xalqaro turnirda final bosqichiga yoʻl olmagandi. Qozogʻiston endi rossiyaliklar bilan uchinchi oʻrin uchun bahs olib boradi.

Oʻzbekiston koʻpkari jamoasi 3 sentyabr kuni Boshqirdiston Respublikasi vakillarini 20:2 hisobida, 5-sentyabr Fransiya jamoasini 19:6 hisobida magʻlub etgan va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgandi.

85516_w750_h562_r (1).jpg

85513_w750_h562_r.jpg

85515_w750_h_r (1).jpg

RIO_2445 (1).jpg

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

O`zA
2 420