O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonlik tosh koʻtaruvchi Rossiyada rekord oʻrnatdi

Oʻzbekistonlik tosh koʻtaruvchi Rossiyada rekord oʻrnatdi


Rossiyaning Yekaterinburg shahrida oʻtkazilgan “Oltin yoʻlbars” xalqaro festivalida oʻzbekistonlik Anton Starostin tosh koʻtarish boʻyicha 2 ta yoʻnalishda mutlaq birinchilikni qoʻlga kiritdi va jahon rekordini oʻrnatdi.

Xususan, u 4 – 6-oktyabr kunlari oraligʻida oʻtgan musobaqada Rossiya xalq tosh koʻtarish mashqi yoʻnalishida 57,5 kglik toshni 333-marta toʻxtovsiz koʻtargan boʻlsa, ruscha yoʻnalishda 55 kglik toshni toʻxtovsiz 404-marta koʻtarib, jahon rekordini oʻrnatdi.

Qayd etish lozim, Rossiya xalq tosh koʻtarish mashqi pauerliftingning yangi yoʻnalishi boʻlib, unda sportchi oʻz vazniga teng toshni toʻxtovsiz ravishda koʻtaradi. Ruscha yoʻnalishda esa xalq mashqi kabi toshni toʻxtovsiz bir necha marotaba koʻtarishga asoslanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sportchini mazkur gʻalaba bilan tabriklaydi va kelgusida unga muvaffaqiyat tilaydi.


469
O'zA