O‘zbekistonlik sportchi Sadriddin Saymatov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha jahon premer-ligasining uchinchi bosqichida tengsiz ekanini isbotladi.

Jahon premer-ligasi besh bosqichdan iborat bo‘lib, musobaqalarga Parij, Rotterdam, Dubay, Rabot va Leypsig shaharlari mezbonlik qiladi. Mazkur bosqichlar sportchilar uchun 2020-yili Yaponiyada bo‘ladigan Olimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini berishi bilan ahamiyatlidir. Musobaqalar kumite – yakkama-yakka bellashuv bo‘yicha o‘nta va kata – ko‘rgazmali chiqish bo‘yicha to‘rtta vazn toifasida o‘tkaziladi.

Surxondaryolik o‘n to‘qqiz yoshli iqtidorli sportchi Sadriddin Saymatov jahon premer-ligasi bosqichlarida munosib ishtirok etib kelmoqda. U Fransiya va Gollandiyada o‘tgan bosqichlarda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Dubayda o‘tgan musobaqada ham Sadriddin shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. U vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan karate ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda gruziyalik David Tikebuchava, eronlik Behnam Mahdaviy, shvetsiyalik Daniyel Barkelaynd, rossiyalik Stepan Yefimenko, italiyalik Anxelo Kressenzo, turkiyalik Eray Samdan va Aykut Kayani yengib, birinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, S.Saymatov Portugaliyada talabalar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza, Indoneziyada o‘tgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik sportchi karate bo‘yicha jahon premer-ligasining navbatdagi bosqichida g‘alaba qozondi