Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 12:28 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonlik polvonlar xalqaro turnirda ikkita medal bilan taqdirlandi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Rossiyada o‘tgan xalqaro turnirda ikkita medalni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilinishicha, vazni 59 kilogrammgacha bo‘lgan kurashchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda qatnashgan Feruz To‘xtayev barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida Jonibek Otabekov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bayram Aytmurodov, O‘zA
335






Все о погоде - Pogoda.uz