O‘zA O`zbek

16.09.2018 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda oʻyinlarni boshqarishadi

Oʻzbekistonlik hakamlar xalqaro musobaqalarda oʻyinlarni boshqarishadi

Oʻzbekistonlik hakamlar muntazam ravishda xalqaro musobaqalarni boshqarish uchun takliflar olishmoqda. Bu haqida O'FA xabar bermoqda. 

Jumladan, 17-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionlar ligasidan oʻrin olgan “Persipolis” (Eron) – “Al Duxail” (Qatar) jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi. Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Valentin Kovalenko va Ilgiz Tantashevlar darvoza ortidagi hakamlar etib tayinlangan boʻlsa, Husniddin Shodmonov zahira hakami vazifasini bajaradi.

18-sentabr kuni esa “Al Jazira” (Iordaniya) – “Eir Fors Klub” (Iroq) oʻrtasidagi oʻyinni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi. Yordamchi hakamlar Ruslan Serazetdinov va Alisher Usmonov. Sherzod Kosimov esa zaxira hakami etib tayinlangan.

Ravshan Ermatov jamoasi yurtimizga 19-sentabr kuni qaytib kelishi sababli kubok bahslarini boshqara olmaydi.

3 180
O'zA