O‘zA O`zbek

13.09.2018 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonlik 20 nafar bola Madridning “Real” klubi akademiyasida tajriba oshiradi

Oʻzbekistonlik 20 nafar bola Madridning “Real” klubi akademiyasida tajriba oshiradi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbusi bilan “Real Madrid” klubi akademiyasi va OʻFA oʻrtasida tuzilgan kelishuvga asosan, joriy yilning iyun oyida Madridning “Real” jamoasi mutaxassislari Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visentelar Real Madrid Foundation Clinic dasturi boʻyicha yurtimizga tashrif buyurishgan edi.


1-iyundan 16-iyunga qadar ushbu mutaxassislar oʻzbek futboli tizimida faoliyat olib boruvchi bolalar murabbiylari uchun nazariy va amaliy seminarlar tashkil etishgan hamda 2004 va 2008-yillar oraligʻida tavallud topgan oʻzbekistonlik 300 nafar tarbiyalanuvchi ishtirokida master klass tadbiri oʻtkazishgan edi. 

Ushbu kelishuvning 2 qismiga binoan madridlik mutaxassislar tomonidan tanlab olingan 20 nafar bola Real Madrid Foundation Clinic dasturi boʻyicha master klasslarda ishtirok etib, tajribalarini oshirish maqsadida Ispaniyaning Madrid shahriga yuborilmoqda. 

Ular safar davomida Madridning “Real” jamoasi akademiyasi bilan tanishishadi, jamoa tarixi haqida maʼlumot olish uchun “Real” klubi muzeyiga sayohat qilishadi, ispaniyalik mutaxassislar tomonidan tashkil etiladigan master klasslarda ishtirok etishadi va yana jamoada toʻp surayotgan mashhur futbolchilar bilan uchrashuv tashkil etish ham rejalashtirilgan.

2 693
O'zA