Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.05.2018 12:48 Chop etish versiyasi

O‘zbekistondagi bolalar futboli akademiyalarida ispaniyalik mutaxassis faoliyat boshladi

O‘zbekistondagi bolalar futboli akademiyalarida ispaniyalik mutaxassis faoliyat boshladi Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Samarqand va Jizzax shaharlarida bolalar futbolini rivojlantirish, murabbiylar malakasini oshirish maqsadida ushbu hududlar bilan ishlash uchun ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga O‘zbekistonga taklif qilingani haqida avval xabar berilgandi.

52850a728f382ec6fa4a4a2341316680d3db65ac1b2aa48680adfb224edcc1ec.jpg

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yuqoridagi hududlar bo‘yicha mintaqaviy texnik direktori Kiko Zuniga hamda Futbol akademiyalari faoliyati bo‘limi boshlig‘i Zokirjon Xoliqov viloyatlardagi bolalar futboli va akademiyalari bo‘yicha mavjud vaziyatlarni o‘rganish bo‘yicha ish boshlashdi.

O'zA
3 838