O‘zA O`zbek

15.05.2019 19:21 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston XXI yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun daʼvogar

Oʻzbekiston XXI yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish uchun daʼvogar

Xalqaro nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha jamgʻarma tashkil etiladi, Toshkent va Samarqand shaharlarida Olimpiya shaharchalari quriladi. 

Oʻzbekistonda yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi (2019 yil 14 may, 401-son). Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qilmoqda.

Qaror bilan yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish uchun munosib infratuzilmani yaratishga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi hamda uni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi. 

Dasturga koʻra, xalqaro nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha jamgʻarma tashkil etiladi, Toshkent va Samarqand shaharlarida Olimpiya shaharchalari quriladi. 

Eslatib oʻtamiz, navbatdagi XIX yozgi Osiyo oʻyinlari 2022 yil Xanchou shahrida (Xitoy), XX yozgi Osiyo oʻyinlari 2026 yil Nagoya shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtishi belgilangan boʻlib, 2030 yil XXI yozgi Osiyo oʻyinlari oʻtkazilishi joyi belgilanmaganligi sababli Oʻzbekiston daʼvogar sifatida Osiyo Olimpiya Kengashiga buyurtma berish imkoni mavjud.

OʻzA
550