O‘zA O`zbek

15.09.2018 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bugun Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi

Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bugun Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi

Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatining dastlabki saralash bosqichida qatnashish uchun Kolombo shahriga joʻnab ketgani hamda mashgʻulotlar oʻtkazgani haqida xabar berib oʻtgan edik.

Bugun Ilhom Xanjariyev shogirdlari guruhning dastlabki bahsida Iordaniya U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi toʻp surishadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da Shri-Lankaning Kolombo shahridagi “Markaziy” stadionida boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi bahsda Oʻzbekiston terma jamoasi koʻk rangli libosda maydonga tushsa, iordaniyaliklar qizil libosda toʻp surishadi.

2 433
O'zA