O‘zA O`zbek

21.06.2018 17:32 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston terma jamoasi – Osiyo birinchiligi sovrindori

O‘zbekiston terma jamoasi – Osiyo birinchiligi sovrindori
Tailand poytaxti – Bangkokda kattalar o‘rtasida qilichbozlik bo‘yicha  Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Qit’a birinchiligida O‘zbekistonning  shpaga bo‘yicha terma jamoasi ayniqsa muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Tarkibida Oleg Sokolov, Fayzulla Alimov, Roman Aleksandrov va Javohir Nurmatov bo‘lgan milliy terma jamoamiz mohir ustozlar Igor Chikinev va Ruslan Kudayev boshchiligida dastavval Singapur va Yaponiya terma jamoalari shpagachi sportchilarini yengishdi. Chempionatning yarim finali musobaqalari yakuni bo‘yicha esa ular juda kuchli - Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi reytingida ikkinchi o‘rinni egallab turgan Janubiy Koreya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdilar.

Shu tariqa shpaga bo‘yicha milliy terma jamoamiz O‘zbekiston tarixida ilk marta qilichbozlik sportida Osiyo birinchiligining sovrindorlari 
bo‘lib, bronza medallari bilan taqdirlandilar.

O‘zbekistonining eng yaxshi qilichbozlaridan biri bo‘lgan Oleg Sokolov shpaga bo‘yicha qit’a birinchiligining shaxsiy musobaqalarida ham munosib ishtirok etdi. U 28 mamlakatdan kelgan 84 shpagachi sportchilar orasida sakkizinchi o‘rinni oldi.

2 559