Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.08.2017 16:42 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘rtasida boks bo‘yicha navbatdagi chempionat o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘rtasida boks bo‘yicha navbatdagi chempionat o‘tkazildi Samarqand serjantlar tayyorlash maktabida o‘tkazilgan chempionatda vazirlik tizimidagi tuzilmalar, harbiy qismlar hamda muassasalarning 20 jamoasi olti vazn toifasida bellashdi.

Ettinchi bor o‘tkazilayotgan an’anaviy chempionat harbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, ularning jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish, iroda va qat’iyatini mustahkamlashga qaratilgan.

– Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug harbiy qismlaridan birida xizmatni o‘tayapman, – deydi 64 kilogramm vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Baxtiyor Nidoyev. – Yoshligimdan boks bilan shug‘ullanaman. Harbiy xizmat davomida ham sportni tashlab qo‘ymadim. Kelgusida xizmatni davom ettirib, harbiylar o‘rtasidagi xalqaro musobaqalarda ham munosib ishtirok etishni maqsad qilganman.

Murosasiz kurashlarga boy o‘tgan musobaqada Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

– Musobaqada 6 sportchimiz ishtirok etdi, – deydi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy-havo kuchlari terma jamoasi boshlig‘i Sherzod Yaxshiyev. – To‘rt vaznda jamoamiz a’zolari final janglarida qatnashdi va uchta bahsni o‘z foydasiga hal qildi.

Chempionat g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Sovrinli o‘rinlarni egallagan harbiy sportchilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining uchinchi darajali “Namunali xizmati uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA
2 174






Все о погоде - Pogoda.uz