O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston OTJ ikkinchi bahsda ham Eronni magʻlub etdi

Oʻzbekiston OTJ ikkinchi bahsda ham Eronni magʻlub etdi

Poytaxtimizdagi “Paxtakor” markaziy stadionida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Eron OTJ futbolchilarini yirik hisobda magʻlub etdi – 4:1.

Futbolchilarimizdan Bobur Abdixoliqov xet-trikka (18, 36, 69) erishgan boʻlsa, Jasur Yaxshiboyev bitta golga (53) mualliflik qildi. Mehmonlardan esa Mexdi Goyedi bitta gol (50) bilan javob qaytara oldi, xolos.

Eslatib oʻtamiz, bundan uch kun oldin Olmaliqda boʻlib oʻtgan dastlabki qarama-qarshilikda ham futbolchilarimiz eronlik tengqurlarini kichik hisobda magʻlub etgan edi.

Oʻrtoqlik uchrashuvi

Toshkent, “Paxtakor” markaziy stadioni

Oʻzbekiston OTJ - Eron OTJ 4:1

3.jpg

4.jpg

5.jpg

6.jpg

7.jpg

8.jpg

2 102
Muhammad AMIN (surat), OʻzA