O‘zA O`zbek

09.01.2018 11:53 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun maydonga tushadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun maydonga tushadi Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati boshlandi. Unda qit’amizning 16 jamoasi to‘rt guruhga bo‘lingan holda o‘zaro raqobatlashmoqda.

Avval xabar berganimizdek, qit’a birinchiligida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “A” guruhida Xitoy, Qatar hamda Ummon terma jamoalari bilan bahslashadi.

Ravshan Haydarov shogirdlari bugun, 9 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 “Olympic Sports Centre” stadionida qatarlik futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.

Javohir Toshxo'jayev, O'zA
15 873