O‘zA O`zbek

07.09.2018 14:52 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston Kubogi chorak final uchrashuvlari boshlanish vaqtlari aniq boʻldi

Oʻzbekiston Kubogi chorak final uchrashuvlari boshlanish vaqtlari aniq boʻldi

Oʻzbekiston kubogi bahslari ham sekin-asta oʻzining qizgʻin pallasiga kirib bormoqda.

Kubokning chorak final uchrashuvlari boshlanish vaqtlari aniq boʻldi. Bu haqida O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko'ra, 18-19-sentabr kunlari jamoalar 1/4 final uchrashuvlarini oʻtkazishadi. Professional Futbol Ligasi Sport telekanali hamda klublar bilan kelishgan holda chorak final uchrashuvlari boshlanish vaqtlarini belgiladi. Bunda barcha oʻyinlarning Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi inobatga olindi.

Oʻzbekiston kubogi - 2018

1/4 final

18-sentabr

18.00 “QOʻQON-1912” – “QIZILQUM”

20.00 “PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”

19-sentabr

20.00 AGMK – “MASHʼAL”

18.00 “ANDIJON” – “BUNYODKOR”

Taʼkidlash joiz, chorak final oʻyinlari bitta uchrashuvdan iborat boʻladi. Gʻoliblar yarim finalga yoʻl olishadi.

O'zA
2 679