O‘zbekiston – Janubiy Koreya: 1:1
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Devis kubogi”ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruhi dastlabki bosqich bahslarini safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi boshladi.
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Devis kubogi”ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi birinchi guruhi dastlabki bosqich bahslarini safarda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi boshladi.Janubiy Koreya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahslarda g‘olib bo‘lgan terma jamoa tennis olamining eng nufuzli musobaqalaridan biri hisoblangan “Devis kubogi”ning ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Musobaqaning yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Dak Xi Lini 4:6, 6:2, 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, tennischimiz Sanjar Fayziyev Xyong Chungga 4:6, 4:6, 7:6, 6:4, 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa birinchi kungi bahsdan so‘ng umumiy hisob 1:1 bo‘lib turibdi.
4-fevral kuni D.Istomin va S.Fayziyev juftligi Xyong Chung va Yong Kiyu Limga qarshi kortga tushadi.