O‘zA O`zbek

06.11.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘rinda

O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘rinda

Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha yigit-qizlar o‘rtasida butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqada mamlakatimiz sharafini xalqaro toifadagi grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, FIDE ustasi Ali Qosimov, Muhiddin Madaminov, xalqaro toifadagi sport ustasi Umida Omonova himoya qildi.

Butunjahon shaxmat olimpiadasida 250dan ortiq ishtirokchi 9 turdan iborat shveysarcha tizimda o‘zaro raqobatlashdi. 9 tur natijasiga ko‘ra, hamyurtlarimiz 15 ochko jamg‘arib umumjamoa hisobida ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Ozarbayjon terma jamoasi 16 ochko bilan birinchi, 14 ochko to‘plagan Belarus termasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, olimpiadada shaxsiy ko‘rsatgich bo‘yicha N.Abdusattorov va J.Sindarov kumush medalga sazovor bo‘ldi.



612
J. TOShXO‘JAEV, O‘zA