Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.05.2018 19:23 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston futboli mutasaddilari o‘yinlar taqvimini Muborak Ramazon oyining vaqtiga qarab moslashtirdi

Kelasi haftada muborak Ramazon oyi boshlanadi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi rahbariyati futbol uchrashuvlari vaqtini muxlislar talabidan kelib chiqib, qayta ko‘rib chiqishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. Jumladan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bu borada quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgandi: “Muxlislarni futbol maydonlariga qaytarish uchun izlanishdan to‘xtamaymiz. Ular uchun yaratib beriladigan har qanday sharoit birinchi navbatda o‘zimizni ham xursand qiladi. Bunda birinchi galda iftorlik vaqtini hisobga olish kerak. Ya’ni, futbol uchrashuvlari shunday vaqtga qo‘yiladiki, bo‘limlarning tugashi og‘iz ochish vaqtiga yo‘l ochib beradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchi futbol muxlislarimiz iftorlik qilish hamda o‘z farzlarini ado etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi”.

Ana shundan kelib chiqqan holda, muborak Ramazon oyida bo‘lib o‘tadigan Pepsi Superliga bahslari quyidagi vaqtlarga belgilandi:

Pepsi Superliga.

12-tur

22 may (seshanba)

“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” (jonli efir) Soat 18:49

“Lokomotiv” – “Qizilqum” (yozib olinadi) Soat 18:56

13-tur

25 may (juma)

“Neftchi” – “So‘g‘diyona” Soat 18:49

“Paxtakor” – “Bunyodkor” (jonli efir) Soat 18:59

“Buxoro” – “Nasaf” (yozib olinada) Soat 19:20

26 may (shanba)

“Navbahor” - AGMK (jonli efir) Soat 18:50

“Metallurg” – “Lokomotiv” (yozib olinadi) Soat 19:00

“Qo‘qon-1912” - “Qizilqum” (yozib olinada) Soat 18:53

Ko‘rib turganingizdek, o‘yinlar vaqti shunday tuzilganki, birinchi bo‘lim tugaganini bildiruvchi hakamning hushtagidan keyin muxlislar iftorlik qilishlari va farzlarni ado qilishlari mumkin. Bu vaziyatda turli hududlarda quyosh botishi har xil vaqtga to‘g‘ri kelishi, shundan kelib chiqqan holda, og‘iz ochish vaqtlari ham bir-biridan farq qilishi inobatga olingan.

Yana bir ma’lumotni aytib o‘tish zarur. 13-turdan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Qo‘qon-1912” o‘yini qur’aga ko‘ra aslida Zarafshon shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo 2-turdagi “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” o‘yini Qo‘qondagi stadionda rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani tufayli Zarafshonda o‘tkazilgan. Shu sababdan endi 13-turdan o‘rin olgan o‘yin Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi

2 585