O‘zA O`zbek

06.10.2019 Chop etish versiyasi

Fargʻona viloyat futbol akademiyasi Respublikada tengsiz

Fargʻona viloyat futbol akademiyasi Respublikada tengsiz

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalarining 2005-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport

Dastlabki bosqichda jamoalar “A” va “B” mintaqalariga boʻlingan holda, uy-safar tizimida kuch sinashdilar. Mintaqaviy bahslar yakuniga koʻra U-14, U-15, U-16, U-17 yosh toifasida eng koʻp ochko jamgʻargan sakkiztadan, jami 32 ta jamoa ikkinchi bosqichga yoʻl olishgan edi.

Kuni kecha 2005-yilda tugʻilgan yosh toifasida oʻtkazilgan musobaqalar oʻz poyoniga yetdi. Hal qiluvchi bahsda Fargʻona vodiysining ikki jamoasi, yaʼni Fargʻona va Andijon viloyati futbol akademiyalari roʻbaroʻ kelishdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan bahsda Fargʻona viloyati yosh futbolchilari 3-1 hisobida gʻalaba qozondi va bosh sovrinni qoʻlga kiritishdi.

Namangan va Surxondaryo viloyati futbol akademiyalari yosh futbolchilari esa uchinchi darajali diplom va bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Musobaqaning yopilish marosimida turli nominatsiyalarga koʻra eng yaxshi, deb topilgan yosh futbolchilarga maxsus sovrinlarni Oʻzbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori Davron Shoqurbonov, Respublika futbol boʻyicha sport mahoratini oshirish oliy maktabi direktori Rustam Abdullayev, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadzelar topshirishdi.

Musobaqa laureatlari:

Eng yaxshi darvozabon – Nazirov Ziyodulloxoʻja (Fargʻona viloyati)

Musobaqa toʻpurari – Komilov Murodjon (Fargʻona viloyati)

Eng yaxshi oʻyinchi – Usmonov Azizbek (Andijon viloyati)

Endi 8-12-oktyabr kunlari Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyalarining 2004-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchilari ham kubok uchun kurash olib borishadi.

711
O'zA