O‘zA O`zbek

14.09.2018 Chop etish versiyasi

Oʻzbek sporti uchun navbatdagi rekord: Buenos-Ayresdagi oʻsmirlar Olimpiadasida 36 nafar sportchi bilan ishtirok etamiz

Oʻzbek sporti uchun navbatdagi rekord: Buenos-Ayresdagi oʻsmirlar Olimpiadasida 36 nafar sportchi bilan ishtirok etamiz

6-18-oktabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari oʻtkaziladi.

Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston sport delegatsiyasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilib qoʻygan. Bugungi kunga kelib, kichik Olimpiadaga yoʻllanma qoʻlga kiritgan sportchilarimiz nomi maʼlum boʻlib ulgurgan.

Qayd etish lozimki, bu safargi Olimpiya oʻyinlarida sportchilarimiz litsenziya qoʻlga kiritish borasida rekordni yangilashdi. 2010-yili Singapurda oʻtkazilgan ilk oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida 21 nafar sportchimiz ishtirok etgan boʻlsa, 2014-yili Nankin Olimpiadasida 28 nafar atletimiz qatnashgan. Bu safar Buenos-Ayres mezbonlik qiladigan oʻyinlarda esa yurtimiz sharafini 36 nafar sportchi himoya qiladi.

Argentina Olimpiadasida terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Akademik eshkak eshish
Yevgeniy Agafonov
Luizaxon Islomova
Davrjon Davronov

Baydarka va kanoeda eshkak eshish
Islambek Abdusalomov
Sherzod Hakimjonov
Gulbaxor Fayziyeva

Sport kurashlari
Umidjon Jalolov
Muhammadrasul Rahimov
Shohida Ahmedova
Svetlana Oqnazarova

Dzyudo
Jayxunbek Nazarov
Nilufar Yermagambetova

Suzish
Nataliya Kritinina
Aleksey Sidorchuk
Bibigul Minglibayeva
Ahmadjon Umurov

Oʻq otish
Zaynab Pardabayeva

Badiiy gimnastika
Yekaterina Fetisova

Sport gimnastikasi
Fayoziddin Mamatqulov
Indira Oʻlmasova

Sport akrobatikasi
Nikolay Yevdokimov
Arina Yulusheva

Trampolin
Nikita Babenishev

Taekvondo
Ulugʻbek Rashidov

Karate
Dildora Aliqulova

Yengil atletika
Regina Adashbayeva
Roksana Xudoyarova
Umidjon Hasanov
Islom Sibagatullin

Ogʻir atletika
Dolera Davronova
Kumushxon Fayzullayeva
Muhammadqodir Toshtemirov

Boks
Abdumalik Xalakov
Timur Merjanov
Jahongir Rahmonov

Ot sporti
Abdushukur Sobirjonov

2 899
O'zA