Xalqaro press-klub sessiyasida joriy yilning 9-27 yanvar kunlari Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillarining taassurotlari bilan o‘rtoqlashildi, o‘zbek futboli oldidagi yangi vazifalar muhokama etildi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov, FIFA referisi Ravshan Ermatov, futbolchilar Zabihullo O‘rinboyev, Rustam Ashurmatov, Andrey Sidorov va Javohir Sidiqov Prezidentimizning futbolga qaratayotgan yuksak e’tibori bugun o‘z samarasini berayotganini alohida ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirish ustida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bo‘lg‘usi xalqaro olimpiada o‘yinlari va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ishlariga butunlay yangicha yondashilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston futbol federatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga o‘zgartirildi, unga yangi rahbarlar saylandi. O‘zbek futbolining umidli avlodi adolatli mezonlar asosida shakllanmoqda.

Futboldagi bu kabi islohotlarning dastlabki namoyishi 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimizning tarixiy g‘alabasi bo‘ldi.

– Bugun biz g‘alaba qozondik. Bu, albatta, barchamiz uchun quvonchli voqea bo‘ldi, – deydi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi sardori Z.O‘rinboyev. – O‘z navbatida, oldimizda mas’uliyatli vazifalar turibdi. Yutuqlarimizdan havolanib ketmasdan, kelgusi nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Ishonamizki, xalqimizga hali ko‘p g‘alabalar taqdim etamiz.

Bosh murabbiy R.Haydarov jurnalistlarning yurtimizda futbolni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari haqidagi savollariga javob berdi.

– Yurtimizdagi barcha yosh umidli futbolchilarni “Bunyodkor” yoki “Paxtakor” akademiyalariga olib kelishning imkoni yo‘q. Shu bois, hududiy markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu Germaniya uslubi. Bir vaqtlar nemis futbolida susayish kuzatilganda ular hududiy futbol markazlari tuzib, ularda turli musobaqalar o‘tkazgan, hududiy terma jamoalar tuzgan va eng yaxshi futbolchilarni asosiy terma jamoaga jalb qilgan. Shuningdek, joylarda yoshlar bilan ishlaydigan murabbiylar saviyasini ko‘tarishimiz kerak. To‘g‘ri, rivojlanish tendensiyasining qaysi bir jihatlarini Germaniyadan o‘rganish mumkin, lekin bizning o‘yin o‘zimizga xos mentalitet bilan rivojlanishi kerak. Dunyoga “O‘zbek futboli” iborasini olib chiqishimiz zarur, – dedi R.Haydarov.

Xalqaro press-klub sessiyasida O‘FA vakillari, murabbiylar, ekspertlar O‘zbekistonda futbol rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tayotgani, kelgusi nufuzli musobaqalarda g‘alaba qozonish omili esa yosh va iste’dodli futbolchilarni kashf qilish, ularga sharoit, imkoniyat yaratib berish, qalbida vatanparvarlik hissini mustahkamlash ekanini qayd etdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek futboli: yangi marra, vazifa va muammolar tahlili