O‘zA O`zbek

20.10.2019 Chop etish versiyasi

OʻzA voleybol jamoasi “Bosh vazir kubogi”ni gʻalaba bilan boshladi

OʻzA voleybol jamoasi “Bosh vazir kubogi”ni gʻalaba bilan boshladi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) boʻyicha “Bosh vazir kubogi” musobaqalari tashkil etilayotgani haqida xabar bergandik.

Bugun Oʻzbekiston jahon tillari universitetida ayollar oʻrtasidagi voleybol musobaqasiga start berildi.

Musobaqaning “A” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi jamoasi ilk uchrashuvda “Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasini yirik 3-0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Endi OʻzA voleybolchi qizlari 22-oktyabr kuni “OʻzLiDep” jamoasi bilan raqobatlashadi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqada 11 jamoa 3 guruhga boʻlingan holda oʻzaro raqobatlashmoqda.

2 402
OʻzA